Kunlardan bir kuni uzoq safardan uyga qaytdim.Hamma xursand hamma meni qaytib kelganimni eshitib,uyimga yig`ilishib keldi ko`plab tabriklar eshitdim.Oradan 1-hafta o`tdi va uyda biroz dam olganimdan keyin,ko`chaga chiqib atrofni tomosha qilgim keldi.Yoshim 21-da ayni yigitlik chog`imda bundan 5-yil oldin bir qiz bilan tanishib,uni sevib qolgandim u ham meni sevardi.Shu kunlarda uni eslab yurdim va bir kuni shaharda uni uchratib qoldim, u judayam o`zgargan ilgarigi chiroyiga yana chiroy qo`shilgan edi yurishlari xozirgi zamon qizlarini kiyinishlari har qanday yigitni es xushini olardi.U juda go`zal edi,men esa oddiy kiyingan oddiy yigit edim.Har doim hayron qolardim qanday qilib shunday qiz mendek kamqumgina oddiy bolani sevib qoldi derdim.U bilan yana gaplashishni boshladim yana o`sha eski sevgi muhabbat qalbimizga jo`sh ura boshladi.Har kuni uchrashadigan bo`ldik.Uni yana bir bor uchratganimdan xursand edim,bunday qiz hayotimda birinchi marta edi.Kunlardan bir kuni uni do`stlarim yomon qizga chiqarishdi axloqsiz yigitlar bilan yuradi deyishdi.Men uni shunchalik sevardimki do`stlarimni birorta gapiga ishonmadim.Men buni ko`rmagunimcha ishonmayman dedim.Keyin jaxlim chiqib unga telefon qilib rosa ushib berdim,do`stlarimni gaplarini aytdim baqirdim unga.U yig`laberdi.Shu bilan oradan ancha vaqt o`tdi.Bu so`zlarga ishonmadim xech qachon,u bilan har doimgidek uchrashib yurardim.Vaqti kelib meni yana safarga otlanishimga to`g`ri keldi va men yana chet elga ketdim.Kunlar o`tib unga telefon qilsam boshqa qiz ko`taradigan bo`ldi.Bir amallab bir kuni o`ziga tushib qoldim u telefon ishlatmayotganini onasi tortib olganini aytdi,men ishondim.Shundan keyin oradan oylar o`tdi, yana bir kuni telefon qildim umuman o`chirilgan.Shu bilan uni yana yo`qotdim.Balki do`stlarim rost aytishgandir deb o`yladim.Buni xecham unutolmadim.Oradan 1-yarim yil o`tgach yana uyga qaytdim,uni xech qayerdan topolmadim.Bir kuni kech tushganda yo`lda qorong`uda qolgan ikki kishini ko`rib qoldim.Ular taksi to`xtatishardi lekin xech bir mashina to`xtamasdi.Ularga yaqinlashib borib qayergacha dedim.Ular 3-chi bekatga oborib qo`ying deyishdi.Ularni biri yigit ikkinchisi esa qiz bola edi.Ikkalasiyam orqaga o`tirib olishdi va menga qarab yigit kishi,okam siz bizga e`tibor bermay aytgan joyimgacha olib borib qo`ying dedi.Men xop dedimu indamay yo`limda davom etaverdim.Ular orqa o`rindiqda mendan uyalmay behayolik qila boshladi.Men indamay ketaverdim.Tavba insoniyatga uyat ham qolmabdi dedim ichimda.3-chi bekatga yetib keldik ularga oynadan qarab yetib keldik dedim.Yigit raxmat okam dediyu mashinadan tushib pulni berdi.Qiz esa tushmadi,yigit menga qarab okam shu qizni aytgan joyiga olib borib qo`ying pulini men beraman dedi.Men xop dedim,pulini berdi va xayrlashib ketdi.Yo`lda davom etdim oynadan qizga qarab qayerga hayday singlim dedim.Orqa taraf qorong`u edi uni yuzi ko`rinmasdi.Qiz menga Toj mahal 5-chi ko`chaga deb gapirdi.Xop singlim qiziq ovozi tanish kimgadir o`xshar ekan,lekin kim eslolmayapman.Shu payt qiz telefonini olib dugonasiga qo`ng`iroq qildi.Alo dugonajon qaleysan ha aytgan yigiting bilan gaplashdim,voy nega oldinro uchrashtirmading bunaqasini xali uchratmagandim mayli man 15-minutlada yetib boraman,nima qaysi yigit !? Haaa haligi 1-yarim yil oldin xizmat safariga ketgan yigitmi,voy kelibdimi qayerda ekan sanga kim aytdi,nima mani qidirib yurgan ekan!? Eey dugonajon shuyam yigit bo`libdiyu,kissasida xemiriyam yo`q restoranga borganimizda pulni yarmini o`zim to`lagandim.Lekin juda yoqimtoy edi,voy nimalar deyapsan dugonajon man o`shani sevardimmi mana!? Qo`ysangchi hudo asrasin undaqalardan.Man unaqalani oyog`im tagiga qator qilib terib qo`yamanu.Agar o`sha yigit mana bunday mashinada oldimga kelganida unga yana qaytardim,yolg`ondan ikki og`iz shirin so`zlasam ilinardi qo`yardi.Ha mayli dugonajon man xozir yetib qoldim keyin gaplashamiz bo`pti....
Men gap boshladim singlim nega unaqa deysiz axir yigit o`zi uchun qilmagandir,balki sizni sevgandir sizni deb safarga chiqib ishlagandir kelgan bo`lsa agar sizni qidirib yurgan bo`lsa.Sizni rostdan ham sevar ekan mana bu xaqiqiy yigit ekan sevgisiga sodiq qolibdi dedim.Aka nimalar deyapsiz qanaqa sevgi bunaqa yigitladan son mingtaku,mayli shu yerda to`xtatvoring tushaman dedi.Mayli o`ziz bilasiz singlim dedim.Eshikdan tushar ekan menga boshqacha qarab qo`ydi.Qayerdandir telefonni ovozi eshitila boshladi.Orqa o`rindig`da qizni telefoni qolib ketibdi,olib qarasam dugonasi ekan. Olib javob berdim alo aka hali shu yerdamisiz uzur telefonim mashinangizda tushib qolibdi dedi.Ha kelib olib ketishiz mumkin dedim.Biroz joyimda turib kutdim 2-daqiqadan keyin qiz qaytib keldi,lekin dugonasi bilan edi.Telefonini oldi va raxmat aytdi.Dugonasi meni oldimga keldi va ismimni so`radi men ismimni aytgandim ular bir-biriga qarab angrayib qolishdi.Meni tanib qolishdi deb o`yladim va mayli yaxshi qolilar dedimu mashinamni o`t oldirib haydab ketdim.Endi uni xech qachon eslamayman sevmayman deb so`z berdim o`zimga.Hayotning sinovlari shunaqa ekan men uzbum.ru sevgan qiz foxisha ekan...
Добавлено: 15 янв 2019 в 12:19 Категория: ХХХ Истории Просмотрено: 3145 раз